Jahon | 15:26 / 25.02.2025
5240
2 daqiqa o‘qiladi

Hind okeanida 11 yil avval yo‘qolgan samolyotni qidirish ishlari qayta boshlandi

2014 yil nom-nishonsiz ketgan layner bortida 239 kishi bor edi.

Foto: AP

Avstraliyaning g‘arbiy qirg‘oqlarida 2014 yil 8 martda yo‘qolgan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777-200 samolyotini qayta qidirish ishlari boshlandi. Kuala-Lumpurdan Pekinga yo‘l olgan ushbu samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lgan edi, deb yozadi 9News.

Havo kemasi Kuala-Lumpurdan uchib ketganidan taxminan 40 daqiqa o‘tib oxirgi marta aloqaga chiqqan. Harbiy radar Boeing yo‘nalishdan og‘ib, Malayziyaning shimoliy qismi va Andaman dengizi ustidan uchib o‘tganini, keyin janubga burilib, g‘oyib bo‘lganini qayd etgan. Layner bortida 239 kishi bo‘lgan.

Yo‘qolgan samolyotni Ocean Infinity kompaniyasi qidiradigan bo‘ldi. Agar kompaniya hech narsa topa olmasa, Malayziya hukumati ish uchun haq to‘lamaydi.

Kompaniya Pert qirg‘oqlaridan taxminan 1500 kilometr uzoqlikda Hind okeanining 15 ming kvadrat kilometrga yaqin maydonini tekshiradi. Ocean Infinity ushbu qidiruv operatsiyasi avvalgilariga qaraganda aniqroq va maqsadli bo‘lishini ta’kidladi.

Samolyot parchalari topilgan taqdirda, ularni kim o‘rganishi hali noma’lum. Asosiy e’tibor qora qutilarga qaratiladi, chunki ularning tahlili samolyotga nima bo‘lganini tushunishga yordam beradi.

Mavzuga oid