Rossiyada YouTube qisman ishlashdan to‘xtadi

Fan-texnika 17:53 / 23.04.2018 6656

Rossiyalik YouTube foydalanuvchilari videoxosting faoliyatidagi uzilishlardan shikoyat qilishmoqda. Sayt foydalanuvchilari ma'lumotlariga ko‘ra, muammolar 23 aprel kuni ertalabdan boshlangan. 

DownDetector resursi ma'lumotlariga ko‘ra, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Chelyabinsk, Volgograd, Qozon, Ijyevsk, Kaluga va boshqa shaharlarda YouTube'da nosozliklar paydo bo‘lganidan dalolat bermoqda. Muammolar xaritasiga ko‘ra,  YouTube bilan bog‘liq muammolar faqat Rossiyada yuzaga kelgan. Foydalanuvchilarning ta'kidlashlaricha, Chrome va Opera brauzerlarida saytga kirishda muammolar ko‘proq qayd etilmoqda. 

Mazkur muammolar "Roskomnadzor"ning Telegram messenjeriga Rossiyada faoliyat yuritish imkonini berayotgan IP-manzillarni ommaviy bloklashi bilan bog‘liqmi yoki yo‘q, noma'lum. 

22 aprel kuni "Roskomnadzor" YouTube'ga egalik qiluvchi Google kompaniyasining qator IP-manzillarini taqiqlangan ma'lumotlar reyestriga kiritishi haqida ma'lum qilgan edi. Idoraga ko‘ra, Google sud qaroriga zid ravishda Rossiyada Telegram messenjeriga kirish imkonini taqdim etmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: