Roskomnadzor YouTube va Gmail bo‘yicha izoh berdi

Fan-texnika 19:09 / 23.04.2018 5240

Roskomnadzor o‘z saytida Rossiya hududida YouTube va Gmail’ga kirib bo‘lmayotgani haqidagi xabarlar munosabati bilan izoh berdi.

«Google kompaniyasi tarmoq resurslariga kirish cheklangani haqidagi xabarlar e'lon qilingani munosabati bilan shuni ma'lum qilamizki, Gmail va YouTube Ip-manzillari taqiqlangan ma'lumot reyestriga kiritilmagan va aloqa operatorlariga bloklash uchun yuborilmadi», - deyiladi rasmiy xabar matnida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik YouTube foydalanuvchilari videoxosting faoliyatidagi uzilishlardan shikoyat qilishayotgani xabar berilgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, muammolar 23 aprel kuni ertalabdan boshlangan. YouTube bilan bog‘liq muammolar faqat Rossiyada yuzaga kelgan. Foydalanuvchilarning ta'kidlashlaricha, Chrome va Opera brauzerlarida saytga kirishda muammolar ko‘proq qayd etildi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: