2018 yil 23 aprel kuni Ledokol Group media-reklama agentligiga asos solinganiga 10 yil to‘ladi.
Bu vaqt davomida uch kishidan iborat bo‘lgan dovrug‘i taralmagan kompaniyadan bugungi kunda esa 30 dan ziyod mutaxassislar guruhi faoliyat yuritayotgan kompaniyagacha bo‘lgan davrni bosib o‘tdi. Ledokol Group turli yillarda Mail.ru Group, Odnoklassniki va Yandeks kabi yirik xalqaro IT-gigantlarning reklama manfaatlarini namoyish etib keldi.
Kompaniya yiliga 2000 dan ziyod ishtirokchilarni o‘zida mujassam etuvchi, O‘zbekistonda yirik xalqaro digital konferensiyalar – Usenet va Mobicon, tashkilotchisi hisoblanadi.
Agentlik faoliyatida kelgusidagi rivojlanishning muhim bosqichi 2016 yil hisoblanib, mazkur yilda butun dunyo bo‘yicha mijozlarga reklama xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim etuvchi Dentsu Aegis Network xalqaro reklama tarmog‘i bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Avvalo, hozirgi vaqtda har ikki kompaniyaning diqqat markazi ikkita eng istiqbolli media-kanallar – televideniye va internet-reklamalarni integratsiyalashga qaratilgan.
Joriy yilning mart oyida Ledokol Group vakillari Yevropa, shuningdek MDH va O‘rta Osiyo bozorlari boshqariladigan Irlandiyadagi Google va Facebook mintaqaviy shtab-kvartiralariga yana bir bor taklif etildi. Tashrif davomida O‘zbekiston reklama beruvchilari uchun kompaniyaning reklama vositalari va xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi qadamlari muhokama qilindi, shu bilan birga O‘rta Osiyo mintaqasida agentlikning o‘rni muhimligi ta'kidlab o‘tildi.
«Biz barcha mijozlarimizni, xodimlarimiz va hamkorlarimizni mazkur yubiley bilan tabriklaymiz. Asosiy vazifamiz har doimgidek mijozlar uchun eng zamonaviy va samarali reklama xizmatlarini taqdim etish, shuningdek O‘zbekistonda xalqaro investitsiyani oshirish bo‘lib qoladi», – deb ta'kidladi kompaniya rahbari Dilshod Muzaffarov.
Reklama huquqi asosida