"Roskomnadzor" Google qidiruv tizimini qisman blokladi, deya xabar berdi prometheus.ru.
Manbaga ko‘ra, idora provayderlarga bloklash uchun bir necha IP-manzilni yo‘llagan, ular orasida google.com qidiruv xizmatining bosh sahifasi ham bo‘lgan. Manzillar RF Bosh prokuraturasining 16 apreldagi qaroriga muvofiq bloklangan.
Foydalanuvchilar so‘nggi 24 soatda qidiruv tizimiga kira olmayotganliklari haqida xabar berishmoqda. DownDetector saytidagi xarita ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Yevropa qismida, janubiy hududlar, Krasnodar o‘lkasi, shuningdek Ukraina hududida jiddiy muammolar kuzatilmoqda.
"Roskomsvoboda" ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Google'ning 1 581 481 IP-manzili taqiqlangan saytlar reyestrida.