Katta o‘lchamli Lada yo‘ltanlamasi. Hozircha 3D-modeldagi ko‘rinishda

Fan-texnika 12:12 / 20.04.2018 15243

Lada brendi ostidagi katta o‘lchamli yo‘ltanlamasning hozircha 3D-modeldagi ko‘rinishi e'lon qilindi. Bu mashina chiqishini ko‘pchilik kutmoqda. Azaldan Volga avtozavodining yagona yo‘ltanlamasi “Niva” mashinasi bo‘lib kelgan va u bir qator yangilanishlar hamda Lada 4x4 deb nom olgandan keyin biroz beo‘xshovroq ko‘rinish olgandi. Yangi mingyillik boshida Chevrolet Niva, oxirgi yillarda esa “AvtoVAZ”ning modellar qatorida Lada XRAY krossoveri va Lada Vesta SW Cross universali paydo bo‘ldi, biroq bu mashinalarni ham to‘laqonli yo‘ltanlamaslar deb aniq aytib bo‘lmaydi.

Tolyattidagi zavodda BMW X5, Toyota Land Cruiser, VW Touareg, KIA Sorento yoki hattoki UAZ “Patriot” kabi to‘liq privodli yo‘ltanlamaslarning muqobili yo‘q. Shu sababli bu borada havaskorlarning o‘zlari g‘oyalar berishmoqda. Misol uchun, rossiyalik dizayner Aleksandr Shtorm Lada brendidagi bunday mashina qanday ko‘rinishi mumkinligi borasidagi farazlari bilan bo‘lishdi. Quyida XXL o‘lchamidagi Lada qanday ko‘rinishi mumkinligi tasvirlangan.

Foto: gazeta.ru
Foto: gazeta.ru
Foto: gazeta.ru
Foto: gazeta.ru
Ko‘proq yangiliklar: