Kreml: Telegram bloklanishi tufayli boshqa servislar ishida nosozlik yuz berishi kerak emas

Fan-texnika 16:58 / 19.04.2018 5916

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Roskomnadzor tomonidan Telegram messenjeri bloklanishi boshqa servislar ishida nosozlikka olib kelishi kerak emas. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Albatta, ish maydonidan qandaydir servislar chiqib ketishi kerak emas, shuning uchun har bir alohida holatda qonunchilik bilan nazarda tutilgan harakat qo‘llanilishi darkor. Bu texnologik masala, shuning uchun, albatta, unga Roskomnadzordan izoh berishni so‘rash kerak», - dedi Peskov Telegram’ning bloklanishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi bo‘yicha berilgan savolga javob qaytarib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudning Telegram messenjerini bloklash haqidagi qaroridan xabardor ekani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: