Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarovning ma'lum qilishicha, idora Facebook’ni Rossiya hududida bloklashi mumkin. Bu ijtimoiy tarmoq tekshiruvlar natijasi bo‘yicha 2018 yil oxiriga qadar Rossiya qonunchiligi talablariga javob bermasa haqiqatga aylanadi, deb xabar qilmoqda «Izvestiya» gazetasi.
«2018 yilning oxiriga qadar Facebook kompaniyasini tekshiramiz, hamda bajarilishi lozim bo‘lgan bir necha bandlar bor: Rossiya hududida rossiyalik fuqarolar ma'lumotlar bazasining mahalliylashtirilishi, barcha taqiqlangan ma'lumotning o‘chirib yuborilishi va boshqa qonunlarga rioya etilishi. Agarda bulardan birontasi yoki hech narsa bajarilmasa, yoki Rossiya davlati bunday harakatlar amalga oshirilishi haqida xabar etilmasa, bloklash haqidagi masala dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Jarov.
Amaldor Facebook’ning Rossiyadagi istiqbollari to‘g‘risida berilgan savolga «bashorat qilmaslik»ni taklif etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram Rossiyada bloklana boshlangani xabar berilgandi. Telegram asoschisi Pavel Durov esa Rossiyada messenjerni bloklash haqidagi qarorga izoh berdi va uning oqibatlarini sanab o‘tdi.