Ukrainada ishlab chiqarilgan “Nadejda” vertolyoti Zaporojyeda ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda “Motor Sich” korxonasi matbuot xizmati ma'lum qildi. Vertolyotning sinov parvozi videosi YouTube’da joylashtirilgan.
Ukrainada ishlab chiqarilgan ilk MSB-2 “Nadejda” vertolyoti Mi-2 vertolyotining modernizatsiya qilingan varianti hisoblanadi. Vertolyot 70 foizga kompozit materiallardan iborat. Vertolyot bir yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.
Yo‘llarni patrullash, quvurlar va gaz quvurlarini monitoring qilish va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan vertolyot 2017 yil avgustda Zaporojyedagi “Mokra” aerodromida ilk bor taqdim qilingan.
Vertolyotni yaratgan “Motor Sich” korxonasi aviadvigatellar va gaz turbina qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, uning mahsulotlari 120 ta davlatda samolyotlar va vertolyotlarda qo‘llanadi.