Roskomnadzor Telegram tufayli 1 milliondan ortiq IP-manzilni blokladi

Fan-texnika 12:21 / 17.04.2018 5974

Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov Roskomnadzor tomonidan bloklanishni chetlab o‘tish uchun boshqa resurslardan foydalanishga qaror qilganidan so‘ng, 1 mln.dan ortiq IP-manzillar bloklandi. Bu haqda «Vedomosti» xabar bermoqda.

«Snaryad va zirh kurashi ketmoqda – biz messenjerga kirib olish mumkin bo‘lgan IP-manzillarni topib, ularni bloklamoqdamiz. Avvaliga u o‘zining taxminan 9 mingta IR-adresidan foydalandi, biz ularni blokladik. Keyin ular Amazon tarmog‘i ostiga o‘tishdi (taxminan 600 000 IR), ular ham blokka tushirildi. Hozir esa Telegram boshqa resurs IR-manziliga o‘tdi (taxminan 540 000), ular ham yaqin vaqt ichida bloklanadi», - deya aytib o‘tdi Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyada messenjerni bloklash haqidagi qarorga izoh berib, uning oqibatlarini sanab o‘tgandi

 

Ko‘proq yangiliklar: