Thales International O‘zbekistonga o‘z sun'iy yo‘ldoshini uchirishda yordam berishga tayyor

Fan-texnika 14:07 / 16.04.2018 18723

Thales International O‘zbekiston bilan sun'iy yo‘ldoshlar va sun'iy yo‘ldosh uskunalarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Spot «Tahlilnoma» ko‘rsatuviga asosan.

Ma'lum bo‘lishicha, kompleks kosmik tizimlar bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish, jumladan, turli maqsaddagi sun'iy yo‘ldoshlarni uchirish va boshqarish, shuningdek mahalliy mutaxassislarni tayyorlash uchun O‘zbekiston hududida texnologik bazani tashkil etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, kosmik texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekistonni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash uchun infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish taklif etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi oxirlarida O‘zbekiston yaqin kelajakda o‘z sun'iy yo‘ldoshini uchirishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: