Italiya milliy avtomobil muzeyidan KUN.UZ fotoreportaji

Fan-texnika 22:43 / 15.04.2018 26098

Dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlar sanoqli bo‘lsa, ular orasida Italiya avtomobilsozlarining o‘ziga xos o‘rni bor. Fiat, Ferrari, Lamborghini va hakozolarni eshitmagan kishi bo‘lmasa kerak. KUN.UZ muxbiri Turin shahrida bo‘ldi hamda u yerda Italiya milliy avtomobilsozlik muzeydagi eksponatlari bilan tanishdi. 

Qayd etish joizki, muzey mehmonlar uchun qulay tarzda rejalashtirilgan. Xorijdan kelganlar uchun kirish chiptasi 12 yevro sifatida belgilangan. Chiptani ko‘zdan kechirgan nazoratchi ikkinchi qavatdan boshlash kerakligi borasida tavsiya berdi. Eksponatlar joylashuvi, yorug‘lik jihozlarining o‘rnatilishi e'tiborga molik. 

Bu yerda Italiyada ilk ishlab chiqilgan avtomobillardan tortib, jahon avtomobilsozlik sanoatining yetakchilari tomonidan ishlab chiqilgan transport vositalari, sport avtomobillari, jumladan “Formula-1” poyga mashinalari namunalarini ham tomosha qilish mumkin. Mana bu esa, Ferrari F-2005 “Formula-1”. Uni mashhur poygachi Mixail Shumaxer boshqargan va qatorasiga besh yil chempionlikni qo‘lga kiritgan. 

Muzeyning yana bir diqqatga sazovor tomoni, uning tarbiyaviy ahamiyatiga ham egaligidir. Muzeyning bir burchagi ataylab yo‘l-transport hodisalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda xavfsizlik sinovidan o‘tkazilgan hamda YTH oqibatida o‘ta yaroqsiz holatga kelib qolgan avtomobillardan ham eksponatlar joylangan. 

Quyida muxbirimiz tomonidan olingan fotosuratlar bilan tanishishingiz mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: