Xitoy hukumati 2018 yil may oyidan viloyatlar ma'muriyatlariga viloyat yo‘llarida haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazish imkoniyati haqida mustaqil qaror chiqarishga ruxsat beradi. Bu haqda Quartz xabar bermoqda. Bungacha bunday sinovlarni faqatgina Pekin va yana bir nechta shaharlarda amalga oshirishga ruxsat berilgan.
Kompaniya sinovlarga ruxsat olish uchun sinovlarni dastlab yopiq yo‘llarda o‘tkazishi kerak. Bundan tashqari, mashina rulida kamida 3 yillik haydovchilik tajribasiga ega odam o‘tirishi kerak. Shuningdek, haydovchisiz avtomobil ichidagi kuzatuv kameralari yozib olgan tasvirlar 3 yil saqlanishi lozim.
Yaqinda AQShning Kaliforniya shtati rahbariyati haydovchisiz avtomobillarga ularning harakatlanishini kuzatadigan odamsiz yo‘llarda harakatlanishga ruxsat berdi. Bunday tajribalar Nevada, Michigan va Arizona shtatlarida ham o‘tkazilmoqda. AQShda hammasi bo‘lib 50 dan ko‘proq kompaniya haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi, ular orasida Google, Telsa, Toyota kabi yirik kompaniyalar bor.
Yaqinda Uber o‘lim bilan yakunlangan avariya sababli bu sohadagi yo‘nalishini yopishga qaror qildi. Arizonada Uber’ning haydovchisiz avtomobili yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yuborgan. Politsiya ayb ayolda ekanligini tan olganiga qaramay, kompaniya bunday avtomobillarni vaqtinchalik sinovdan o‘tkazmaslikka qaror qildi.