Tigers yana g‘alaba qildi. Shahobiddin Zoirov ikkinchi ochkoni qo‘lga kiritdi
Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Venezuela Caciques» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining ikkinchi jangi bo‘lib o‘tdi.
-56 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shahobiddin Zoirov «Venezuela Caciques» vakili Yoel Finolga qarshi ringga ko‘tarildi. Bokschilar birinchi raundning ilk soniyalaridanoq bir-biriga qattiq qarshilik ko‘rsatdi.
Besh raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra «Uzbek Tigers» vakili Shahobiddin Zoirov 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu jangdan so‘ng «Uzbek Tigers» - «Venezuela Caciques» jamoalari o‘rtasidagi umumiy hisob 2:0 ko‘rinishini oldi.