O‘zbekiston import tovarlari uchun bojlarni kamaytirishni rejalashtirmoqda 

Iqtisodiyot 14:10 / 02.04.2018 14653

O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va boj-tarif nazoratini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish va boj-tarif nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Hujjat bilan 1 maydan O‘zbekiston hududiga olib kirilayotgan import tovarlari uchun bojxona bojlari stavkalari va aksiz solig‘i stavkalari o‘rnatiladi.

Hujjatda aytilishicha, 2018 yil 1 iyulgacha O‘zbekistonda «Integratsiyalangan tarif» interaktiv axborot platformasini tatbiq etish rejalashtirilmoqda, u tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga real vaqt rejimida bepul asosda barcha turdagi mahsulotlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq ro‘yxati haqida batafsil ma'lumot olish imkoniyatini beradi.
 
2018 yil 1 iyulga qadar tovarlarni mamlakatga olib kirishda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilish borasida takliflar ishlab chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: