Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2018 yil mart oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste'mol sektoridagi inflyatsiya darajasi e'lon qilindi.
2018 yil mart oyida respublika iste'mol bozoridagi narxlar o‘rtacha 1,1 foizga oshdi. Mahsulotlar mart oyida o‘rtacha 1,2 foizga, xizmatlar esa 0,5 foizga oshdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 1,3%ga qimmatlashdi. Bu esa o‘z navbatida INIning umumiy o‘sishiga 0,6 f.d.da ta'sir ko‘rsatdi.
Nooziq-ovqat mahsulotlari o‘tgan oyga nisbatan 1,1%ga o‘sdi, bu esa INIning umumiy o‘sishiga 0,4% darajada ta'sir ko‘rsatdi.