Xitoyda AQShning 128 ta mahsulotiga yuqori boj to‘lovlari kiritilmoqda

Iqtisodiyot 00:20 / 02.04.2018 22940

Xitoy davlat kengashi 2 apreldan AQShning 128 nomdagi mahsulotiga yuqori boj to‘lovlarini kiritish qarorini qabul qildi. Bu haqda Xitoy moliya vazirligi ma'lum qildi.

“2 apreldan biz AQShning 7 tur va 128 nomdagi mahsulotlariga bojxona imtiyozlaridan voz kechamiz. AQShdan import qilinuvchi mevalar va ulardan tayyorlanuvchi oziq-ovqatlarga (umumiy hisobda 120 nomdagi) bundan keyin 15 foiz boj solinadi. Cho‘chqa go‘shti va undan tayyorlanuvchi mahsulotga boj 25 foizni tashkil qiladi”, deyilgan xabarda.

Hujjatda umuman olganda Pekinning qolgan davlatlardan keltiriluvchi mahsulotlarga nisbatan bojni kamaytirish siyosati o‘zgarishsiz qolishi aytilgan. “Biz tomondan qabul qilingan chora AQSh tomonidan Xitoyning po‘lat va alyuminiy mahsulotiga boj to‘lovi kiritilishidan davlatimizga yetkaziladigan ziyonning o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan”, deb aytilgan xabarda.

AQSh prezident Donald Tramp 22 martda, Vashingtonning fikricha, Pekinning nohalol savdo amaliyotiga qarshi choralar kompleksini qo‘llashni ko‘zda tutuvchi memorandumni imzoladi.Tramp Xitoydan keltiriluvchi muayyan toifadagi mahsulotlarga nisbatan boj to‘lovlarini kiritish, bu mahsulotlar ro‘yxatini tuzish hamda Jahon savdo tashkiloti doirasida Xitoyga qarshi xalqaro savdo qoidalarini buzishi yuzasidan taftish boshlashga ko‘rsatma bergan.

Ko‘proq yangiliklar: