Markaziy bank: 2018 yilning birinchi choragida iste'mol tovarlari asosiy turlarining narxlari kuzatuvi tahlili

Iqtisodiyot 20:30 / 01.04.2018 14106

Markaziy bank tomonidan republika hududlarida o‘tkazilgan narxlar dinamikasi kuzatuvlari natijalari 2018 yilning birinchi choragida iste'mol tovarlari asosiy turlari narxlari darajasining umumiy barqarorlashuvidan dalolat bermoqda. Bu haqida Markaziy bank rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning birinchi choragida kuzatuvdagi tovarlar savati narxlari o‘rtacha 1 foizga oshgan. 

Joriy yilning martida mazkur tovarlar guruhi narxining o‘rtacha 0,4 foizga pasaygani qayd etilgan, yanvar va fevral oylarida narxlarning o‘sishi 0,6 va 0,7 foizni tashkil qilgan. Bu o‘rganilayotgan tovarlar guruhi narxlarining pasayishi va barqarorlashuvidan dalolat beradi. 

Xususan, respublikaning barcha hududlari bo‘yicha olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning yanvar-fevralida piyoz - 46,4 foizga, tuxum - 23,3 foizga, shakar - 10 foizga, kartoshka - 6,2 foizga, bug‘doy uni - 2,2 foizga va sabzi 1,8 foizga arzonlashgan. Go‘sht narxining oshishi esa 1,1 foizni tashkil qilgan. 

Bundan tashqari, kiyim-kechaklar narxi - 4,9 foizga, poyabzal - 3,8 foizga, televizorlar - 7,8 foizga, changyutgichlar - 4,4 foizga va muzlatgichlar narxi 3,5 foizga pasaygan. 

Ta'kidlash joizki, Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning birinchi choragida ko‘rsatilgan tovarlarning aksariyati o‘sish dinamikasini ko‘rsatgan. 

Ko‘proq yangiliklar: