2018-yil 30-mart kuni Huawei 2017 yilgi audit natijalarini e'lon qildi. Kompaniyaning sof daromadi 2017 yilda 28,1 foizga o‘sdi va 47,5 milliard yuanni tashkil etdi (7,3 milliard dollar).
Hisobotda aytilishicha, kompaniyaning yillik daromadi 2016 yilga nisbatan 15,7 foizga o‘sib, 603,6 milliard yuanni tashkil etdi (92,5 milliard dollar almashuv kursining yil yakunlari bo‘yicha). 2017-yilda Huawei kompaniyasining tadqiqot va ishlanmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 89,7 milliard yuan (13,8 milliard AQSh dollari)ga yetdi va 2016 yilga nisbatan 17,4 foizga o‘sdi. So‘nggi o‘n yillikda kompaniyaning tadqiqot va ishlanmalarga yo‘naltirgan xarajatlari 394 milliard yuan (60,4 milliard dollar) dan oshdi.
«Biz yangi yo‘lda harakatlanmoqdamiz. Imkoniyat va chaqiruvlar har qachongidan ham tezroq paydo bo‘ladi va innovatsiyalarning doimiy ochilishi - bu o‘yinda yetakchi bo‘lishimizga imkon beradigan yagona usuldir. Keyingi 10 yil ichida Huawei texnologik innovatsiyalarga investitsiyalarni ko‘paytirishni davom ettiradi va yiliga 10 mlrd. sarmoya kiritadi. Ochiq hamkorlik tamoyiliga sodiq qolib, eng yaxshi iste'dodlarni jalb qilsak, kelajakda noaniqliklarni o‘rganishga qaratilgan izlanishlarimizda muvaffaqiyatga erishamiz. Biz barcha sohalar raqamli va intellektual bo‘lishi uchun yanada yaxshi imkoniyatlar yaratishni istaymiz» deydi Huawei direktorlar kengashi raisi Ken Xu.
Ken Xuning ta'kidlashicha, 2018 yilgi rejalar haqida gapirganda, aytish joiz buyumlar interneti, bulutli hisoblash, sun'iy intellekt va 5G kabi yangi texnologiyalar keng qo‘llaniladi.
«Ushbu jarayon davomida Huawei texnologik innovatsiyalar va ishbilarmonlik o‘zgarishlarining oldida qoladi. Eng muhimi, biz mijozlarimiz raqamlashtirish yo‘lida duch keladigan amaliy muammolarga alohida e'tibor qaratamiz. Bizning vazifamiz ularga bu muammolarni yechishda va biznesda muvaffaqiyat qozonishida ko‘maklashishdir. Biz har bir insonga, har bir oilaga va har bir tashkilotga raqamli dunyoni butunlay bog‘langan, intellektual dunyoni yaratishga intilamiz», deydi u.
Iste'molchi biznesida Huawei va Honor brendlari oldinga siljidi, bu esa o‘z navbatida bozorlarda tez o‘sishga olib keldi. 2017-yilda Huawei jami 153 million (shu jumladan Honor) smartfonlarini jo‘natdi, yillik daromad esa 237,2 milliard yuanni (36,4 milliard dollar) tashkil qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 31,9 foizga ko‘p demakdir.