Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha qo‘mitasi raisi Olovuddin Borujyerdiyning ma'lum qilishicha, Eronda Telegram muqobil varianti yaqin bir necha hafta ichida o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Mehr agentligi xabar qilmoqda.
Uning aniqlik kiritishicha, bunday qaror mamlakat hukumatining eng yuqori darajasida qabul qilingan. Bu milliy xavfsizlik maqsadida qilinmoqda, sababi avval ushbu messenjer Eron shahardagi norozilik namoyishlarida destruktiv o‘rin tutgan.
Borujyerdiyning umid bildirishicha, Pavel Durovning messenjeri eronliklar orasida mashhur ekaniga qaramay, milliy raqamli servis u bloklanadigan bo‘lsa, tezda almashtiradi.
Agentlik Telegram’ning ehtimoliy bloklanishi haqida boshqa tafsilotlarni keltirmagan.
Ta'kidlanishicha, Eronning muloqot uchun dasturi «Sorush» deb nomlanadi.