Xitoy bojxona xodimlari Hongkongdan Shenchjenga iPhone’lar olib o‘tish uchun dronlardan foydalangan kontrabandachilar guruhini qo‘lga oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, kontrabandachilar odatda yarimtundan keyin ishlashgan. Ularga chegara orqali smartfon solingan kichik sumkalarni o‘tkazish uchun bir necha soniya kifoya qilgan. Jinoyatchilar shu yo‘l bilan 79,8 mln dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘lishgan.
Xitoy mutasaddi idoralarining ma'lum qilishicha, ushbu jinoyat kontrabanda uchun dronlar qo‘llangan Xitoydagi ilk jinoyat bo‘ldi.