2018 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning 5,9 foiz o‘sishi kutilmoqda. Markaziy Bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmurodov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida bu haqda ma'lum qildi.
«Joriy yilda yalpi ichki mahsulot o‘sish sur'atlari 5,9 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, inflyatsiya darajasini 12,4-13,4 foiz oralig‘ida ushlab qolgan holda real pul massasini 12-14 foizdan oshib ketmasligini ta'minlash kutilmoqda», deya raisning so‘zlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi a'zosi Albert Yeger joriy yil 14 mart kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan matbuot brifingida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 2018-2019 yillarda 5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinayotganini bildirgandi.