Ular biz haqimizda hammasini bilishadi: Facebook va Google foydalanuvchilarni qanday kuzatishi haqida

Fan-texnika 17:46 / 29.03.2018 12404

Telefonni o‘zingiz bilan birga olib yursangiz, sizning joylashuv manzilingiz har bir metrigicha ma'lum bo‘ladi. Siz kimga ovoz berishga qaror qilganingiz, qancha pul topishingiz, nechta farzandingiz borligi va sevimli mashg‘ulotingiz qanday ekani-chi? Bularning bari Facebook va Google'da bor. Siz o‘z ma'lumotlaringizni axborot biznesi "akulalari"ga o‘z qo‘llaringiz bilan topshirayotganingizni bilish vaqti keldi va umuman bu vaziyatni o‘zgartirish mumkinmikan? Trendymen nashri shu haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.

Reklama profili

Google olingan ma'lumotlar asosida har bir foydalanuvchi uchun personal reklama profilini yaratadi. Joylashuv, jins, yosh, sevimli mashg‘uloti, karera, qiziqishlar, munosabatlar bosqichi, taxminiy vazn ("Uch kunda 10 kg yo‘qotishni xohlaysizmi?" qabilidagi reklamalar ildizi shunga borib taqaladi), hatto daromad darajasi ham ahamiyatga molik.

Foto: Trendymen

YouTube'dagi roliklar

YouTube'dagi roliklar tarixingiz ham e'tibordan chetda qolmaydi. Foydalanuvchining qiziqishlariga qarab insonni tushunish oson: u konservatormi yoki yo‘q, depressiyadami yoki aksincha va hokazo. Bunday ma'lumotlarni kim ham ko‘rishi mumkin deysizmi? O‘sha biz yaxshi bilgan Google-da!

Foto: Trendymen

Ma'lumotlar hajmi

Tahdid haddan tashqari bo‘rttirilgan deysizmi? Yaxshi, unda o‘zingiz tekshirib ko‘ring. Google hech nimani yashirmaydi va foydalanuvchiga kompaniyada mavjud barcha ma'lumotlarni yuklash imkonini beradi. Masalan, Trendymen tahririyati muharririning arxivi 3 Gb joy oldi. Bu esa juda katta  hajmdagi ma'lumotlar degani!

Foto: Trendymen

Google Drive

Eng zo‘ri Google Drive'da yashirin. Servis, shubhasiz, foydali va qulay, undan ko‘pchilik foydalanadi. Rezyume, oylik byudjyet hisob-kitobi va boshqa foydali ma'lumotlarni ham shu yerda saqlash mumkin. Albatta, agar Google mutaxassislari ulardan foydalanishlariga qarshi bo‘lmasangiz. Maxfiylik? Qanday maxfiylik haqida gap bo‘lishi mumkin?

Foto: Trendymen

Facebook'da nima gaplar?

Mark Tsukerbergning servisi hech nimani yashirmaydi. Siz hech qanday muammosiz Facebook tarmog‘i qanday ma'lumotlarni to‘plaganini ko‘zdan kechirishingiz mumkin. Har bir yo‘llangan va qabul qilingan xabar, har bir ko‘rilgan fayl, telefoningizdagi barcha raqamlar va audioxabarlar — kuzatuv qamrovidan hayratda qolasiz.

Foto: Trendymen

Vaqt va joy

Bundan tashqari, Facebook har safar login kiritganingizni qayd etadi. Bu operatsiya amalga oshirilgan vaqt, joy va devaysni o‘z ichiga oladi.

Foto: Trendymen

Brauzer xiyonati

Asosiy muammo brauzerda yashirin — u barcha ma'lumotlarni boshqa saytlarga uzatadi. Sizning qayerda ekaningiz, qanday kompyuterda ishlayotganingiz, qaysi ijtimoiy tarmoqlarda login kiritganingiz – barcha-barchasi bilan bo‘lishadi. Bu yerga kiring va pastga tushing, o‘zingiz bilmagan holatda korporatsiyalarga ulashuvchi ma'lumotlaringizni varaqlang.

Foto: Trendymen

 

Ko‘proq yangiliklar: