Bir muddatlik uzilishdan keyin Telegram messenjeri yana o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Bugun taxminan soat 13:20 larda Yevropa, Yaqin Sharq va MDH davlatlarida uch soatdan ortiq vaqt ishlamagan messenjer soat 16:20 larda ishlab ketdi.
Bundan avvalroq, Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer ishida kuzatilayotgan nosozlik Yevropadagi serverlarda elektr toki uzilishi natijasida yuzaga kelganini ma'lum qilgan edi.