Rossiyada GM Uzbekistan’ning barcha avtomobillari narxi ancha oshdi, deb xabar bermoqda «Avtostat».
Xususan, Ravon Nexia sedani barcha komplektatsiyasida 20 ming rubl (deyarli 3 mln so‘m)ga qimmatlashdi. Endi u 499 000 – 599 000 rubl (taxminan 70 – 84 mln so‘m)dan sotilmoqda.
Ravon R2 hetchbeki narxi ham oshdi, endilikda uning narx diapazoni 489 000 - 559 000 rubl (taxminan 69 - 78 mln so‘m)ni tashkil etadi.
Gentra sedani uncha qimmatlashmadi – barcha komplektatsiyasida 10 ming rubl (taxminan 1,5 mln so‘m)ga. Endilikda uning narxi 569 000 - 699 000 rubl (78 – 98 mln so‘m) atrofida.
Ravon R4 sedani ham komplektatsiyasiga qarab 10 – 30 ming rubl (taxminan 1,5 mln – 4 mln so‘m)ga qimmatlashdi.