Roskomnadzor Telegram haqida: bizning aybimiz yo‘q

Fan-texnika 15:56 / 29.03.2018 8473

Roskomnadzor Telegram messenjeri ishidagi nosozlikka izoh berdi hamda bunga aloqador emasligini ma'lum qildi. Bu haqda idoraning «VKontakte»dagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.

«Bugun foydalanuvchilar Telegram ishidagi nosozlikdan shikoyat qilishmoqda. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p shikoyat Rossiya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ukraina va Qozog‘istondan kelmoqda. Agarda sizlar barchasida Roskomnadzorni gumon qilayotgan bo‘lsangiz, bilinglarki – bizning bu masalaga aloqamiz yo‘q», - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov Telegram'dagi nosozlikka izoh bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: