Mehnatga soliq yuki 1,58 – 1,98 baravar kamaytiriladi

Iqtisodiyot 12:42 / 29.03.2018 18362

Norma nashri Soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan «mehnatdan soliqlar» bo‘yicha yangiliklar haqida maqola e'lon qildi.
 
Qayd etilishicha, JShDS, YaIT va fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini jismoniy shaxslarning yagona daromad solig‘iga birlashtirish taklif etilmoqda. Daromad miqdoridan qat'i nazar, soliq 25%lik stavkada undiriladi. Jismoniy shaxslarning yagona daromad solig‘i mehnatga haq to‘lash summalaridan ushlab qolinadi.
 
Taklif etilayotgan yechim fuqarolarni ko‘proq daromad olishga rag‘batlantiradi, soliqni hisoblash va to‘lashni soddalashtiradi, hisobotlarni qisqartiradi va soliq ma'muriyatchiligi samaradorligini oshiradi.
 
25%lik stavka faqat mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi. Fuqarolarning mulkiy, moddiy va boshqa daromadlariga JShDSning boshqa stavkalari belgilanadi.
 
Nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar mehnatga haq to‘lashga soliq yukini sezilarli darajada kamaytiradi. Amaldagi soliq solish tizimida JShDS progressiv 4 bosqichli shkalaga (soliq solinmaydigan minimum, 7,5%, 16,5%, 22,5%) ega. Shuningdek Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari – 8% va YaIT: 15% – kichik va 25% – yirik biznes uchun to‘lanadi. Umuman olganda, mehnatga haq to‘lashga soliq yuki o‘rta hisobda kichik korxonalar uchun 39,5%ni, yiriklari uchun 49,5%ni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: