Facebook korporatsiyasi reklama kompaniyalariga ijtimoiy tarmoqda axborot brokerlari yordamida targeting reklamani joylashtirish imkonini bergan hamkorlik toifalarini yopib qo‘yishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters kompaniya bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Xususan, Facebook hamkorlik toifalari vositasidan foydalanishga qo‘yilgan taqiq tufayli Acxiom Corporation bilan hamkorlikni to‘xtatadi. U esa jahon kompaniyasi bo‘lib, marketing va servis vazifalari bilan shug‘ullanadi, shuningdek, foydalanuvchilarning tarmoqdagi xatti-harakatlari ma'lumotlar bazasini to‘playdi.
Ehtimol, bunday qaror Facebook’ning 50 mln.dan ortiq foydalanuvchisi shaxsiy ma'lumotlari sizib chiqqani bilan bog‘liq mojaroga aloqador bo‘lishi mumkin.