Soliq qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektlarining takliflari o‘rganilmoqda

Iqtisodiyot 23:02 / 28.03.2018 10334

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 13 fevraldagi "Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 5214-sonli Farmoyishiga asosan Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzilgan. Hozirda mazkur Komissiya omonidan yetakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar – ekspertlar, tadbirkorlik tuzilmalari va jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, soliq qonunchiligi va ma'muriyatchiligini tubdan yaxshilash, soliq organlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilmoqda.

Qonun hujjatlari loyihalarini aniq hisob-kitoblar asosida sifatli tayyorlash uchun ayni kunlarda davlat soliq xizmati organlari tomonidan poytaxtimizdagi bir qator yirik savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarida monitoring va tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Monitoringdan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir soliq to‘lovchining iqtisodiy salohiyatini o‘rganish, mahalliy byudjyetga tushadigan soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlashdan iborat.

O‘rganishda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning kunlik savdo aylanmasi, haqiqatda ishlayotgan ishchilar soni, to‘lanayotgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar miqdori kabi barcha daromad va xarajatlari xatlovdan o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, asosiy e'tibor bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini qonuniy yuritishga to‘siq bo‘layotgan muammo va kamchiliklarni o‘rganishga qaratilmoqda.

Xatlov natijasida olingan ma'lumot va hisob-kitoblar natijasidan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni optimallashtirish, stavkalarini pasaytirish orqali qulay tadbirkorlik muhitini vujudga keltirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari ishlab chiqiladi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

 

Ko‘proq yangiliklar: