Rothschild moliyaviy guruhi o‘z faoliyatini O‘zbekiston hududiga kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kirishdi. Bu haqda Reuters agentligi Rossiya va MDH mamlakatlaridagi Rothschild vakolatxonasi rahbari Jovanni Salvettiga asosan xabar bermoqda.
Agentlikning ta'kidlashicha, Rothschild hozirgi paytda Qozog‘iston Markaziy bankiga davlat aktivlarini xususiylashtirish to‘g‘risida maslahatlar bermoqda.
Salvettiga ko‘ra, Rothschild yangi prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni ochish uchun choralar ko‘rganidan so‘ng o‘z faoliyatini qo‘shni O‘zbekiston hududida ham kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni boshladi.
«O‘zbekiston - bu ulkan salohiyatga ega mamlakat, hamda yangi ma'muriyat mamlakatni modernizatsiya qilishga bel bog‘ladi», - deya aytib o‘tdi O‘zbekistonga joriy yilda tashrif buyurgan Salvetti.
«Qozog‘istondagi ish modelimizni O‘zbekistonda ham qo‘llash mumkin - biz hukumatga xususiylashtirish to‘g‘risida maslahat beramiz, bank sektorini isloh qilishda yordam ko‘rsatamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.