Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Crew Dragon’da ikki amerikalik fazogirning Xalqaro koinot stansiyasiga ilk parvozi 2019 yil apreliga belgilandi. Bu haqda NASA koinot agentligi ma'ruzasida aytilgan.
Ma'ruzada Crew Dragon’ning ikkinchi sinov parvozi 2019 yil noyabriga belgilangani ta'kidlab o‘tilgan.
Crew Dragon nomi bilan ham ma'lum bo‘lgan Dragon-2 koinot kemasi SpaceX’ning xususiy ko‘p martalik, boshqariluvchi koinot kemasi bo‘lib, NASA buyurtmasi bo‘yicha Commercial Crew Development dasturi doirasida loyihalangan. Kema koinotga Falcon 9 raketasi yordamida chiqarilishi kutilmoqda. Dragon ilk bor 2014 yil 30 mayida taqdim qilingan.