O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Davlatimizning xalqaro maydondagi rolini oshirish, investitsiyalar oqimini ko‘paytirish, turistik salohiyatni yanada kengaytirish maqsadida”gi ko‘p sonli topshiriqlari, qarorlarining ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda videokonferetsiya tashkil qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda, bugungi kunda prezident tashabbusi bilan mamlakatda erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi haqida so‘z yuritildi.
Yuqori iqtisodiy o‘sish, maqsadli dasturlarni ijrosini ta'minlash va aholining ijtimoiy kafolatlarini mustahkamlashda davlat bilan birgalikda biz – mahalliy hokimlik vakillari hamda bevosita iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan sub'yektlar bilan birgalikdagi harakatimiz lozimligi alohida ta'kidlab o‘tildi.
Xususan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, yirik infratuzilma obektlari va korxonalar barpo etish jarayoniga chet el investitsiyalari izchil jalb qilish masalalariga bag‘ishlandi. Anjumanda Toshkent shahar hokimligi, bojxona boshqarmasi, davlat soliq boshqarmasi, prokuratura xodimlari va boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik qo‘shma korxonalar rahbarlari ishtirok etdilar.