Amerikaning Facebook kompaniyasi o‘z foydalanuvchilariga konfidetsiallikni nazorat qilish bo‘yicha yangi vositalarni taqdim etadi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi.
Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarga bir necha tugma yordamida o‘z ma'lumotlarini boshqarish imkonini beruvchi yangi punktni qo‘shmoqchi.
"Bu siz atigi bir necha klavish yordamida o‘z ma'lumotlaringizni boshqarish imkonini beruvchi, bizning boshqaruv elementlarimiz qanday ishlayotganiga doir izohlarni o‘zida mujassam qilgan menyu", - deyiladi kompaniyada.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar o‘z hisob yozuvlariga qo‘shimcha himoya funksiyalari, ikki omilli autentifikatsiyani qo‘shishlari mumkin.
Kuni kecha Facebook asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg ijtimoiy tarmoqning 50 million foydalanuvchisi ma'lumotlari tarqalgani uchun uzr so‘ragan edi. Mart oyi o‘rtlarida The New York Times gazetasi Cambridge Analytica 2016 yildagi AQSh prezidenti saylovlarida Donald Trampning saylov oldi kampaniyasi uchun Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlaridan noqonuniy foydalangani haqida xabar bergan edi.