Xiaomi MI MIX 2 S yangi smartfoni, Mi Gaming Laptop noutbuki va Mi AI Speaker mini “aqlli” kolonkani rasman taqdim etdi. Taqdimot Shanghayda bo‘lib o‘tgan.
Xiaomi rahbari Ley Chjun qiymati 3299 yuan (taxminan 527 dollar)dan boshlanuvchi MIX 2S’ni taqdim etdi. Ramkasiz smartfon olti dyuymli ekran va Qualcomm Snapdragon 845 protsessori bilan jihozlangan.
Bundan tashqari, MIX 2S ikkita kameraga ega, ular qurilmaga iPhone X bilan raqobatlashishga imkon beradi. Ikkilamchi orqa kamera kengligi 12MP.ga teng, Sony’dan IMX636 yangi datchigi va sun'iy idrok tizimi smartfonga qorong‘ulikda ham suratga olish imkonini beradi.
Avvalgi versiya - Mi MIX 2’dan farqli tarzda smartfon Qi simsiz quvvatlantirish uskunasi va ARCore qo‘shimcha reallik elementlari bo‘lgan ilovalarni yaratish uchun platformaga ega bo‘ldi.
Mi Gaming Laptop’ning qalinligi 20,9 mm bo‘lib, Intel Core i7 7700HQ chipi hamda NVIDIA GTX 1060 videokartasiga ega. Displey diagonali 15,6 dyuymni tashkil qiladi, qurilmada Dolby Atmos Hi-Res audiotizimi mavjud.
Noutbuk 16 GB operativ xotira, SSD’da 256 GB hamda HDD’da 1 TB.ga ega. Uning narxi 5999 yuan (taxminan 960 dollardan) boshlanadi.
Mi AI Speaker Mini “aqlli” kolonkasi Xiaomi’dan sun'iy idrok texnologiyasiga ega ovozli yordamchiga ega. U 27 dollar turadi.