Nissan kompaniyasi 2020 yildan boshlab yiliga bir milliontadan elektromobil sotish rejalari haqida so‘zlab berdi. Kompaniya rahbarlarining ta'kidlashlaricha, buning uchun 8 ta yangi modeldagi elektromobillar loyihalanadi. Ulardan biri Infiniti markasi ostida chiqib, premium-model bo‘ladi.
Shuningdek, 2022 yilgacha kompaniyaning benzin-gibrid texnologiya bilan jihozlangan avtomobillari elektromobillar qatorida katta qismni tashkil qiladi. Bunday transport vositalari benzinni kamroq zaryad talab qilgan holda, avtomobil dvigatelini quvvatlash uchun qo‘llaydi. Bundan tashqari, Nissan, Renault va Mitsubishi birgalikda 17 ta elektr model yaratmoqchi.
Bundan tashqari, ushbu kompaniyalar o‘zaro hamkorlik doirasida 2022 yilgacha avtonom privodga ega 40 ta model ishlab chiqarmoqchi va o‘ziga xizmat ko‘rsatish, avtomobillarni ijaraga berish operatoriga aylanmoqchi.
Nissan ayni vaqtda elektr mashinalar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Kompaniya bunga Leaf modeli evaziga erishgan. Avtomobil 2010 yilda paydo bo‘lgandan beri umumiy hisobda 300 ming donadan ko‘proq sotilgan.
Nissan strategiyasining o‘zgarishi yillik daromadni 160 mlrd dollargacha oshirish rejasi bilan bog‘langan. O‘tgan moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra kompaniyaning daromadi 120 mlrd dollarni tashkil qilgan.