Xitoyning Guanchjou shahrida avtomobillar sotuvchi savdo avtomati ochildi. Bu haqda TechCrunch nashri xabar bermoqda.
Avtomat Ford va Alibaba kompaniyalari hamkorligi doirasida yaratilgan. Ko‘p qavatli binoda o‘nlab Ford avtomobillari joylashtirilgan bo‘lib, mijoz unga yoqqan mashinani mobil dastur yordamida tanlab, uni sinovdan o‘tkazish uchun 3 kunga olishi mumkin.
Servis foydalanuvchilari shuningdek Alibaba taqdim qiladigan xizmatlar uchun chegirmalar oladilar.