2018 yil 23-24 mart kunlari Istanbul shahrida O‘zbekiston Respublikasining “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi bilan Turkiyaning yirik banklaridan Vaqifbank raisi Mexmet Emin O‘zgan va Eksimbank raisi Adnan Yildirim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali bank xizmatlarining yangi turlarini joriy qilish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish masalalarida o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida kelgusida o‘zaro hamkorlik Ishchi guruhini tashkil etish, banklar o‘rtasida doimiy hamkorlik qilib borish, o‘zaro tajriba alamashish tizimini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib olindi.