Amerika maktablarida sun'iy intellekt qo‘llana boshlandi

Fan-texnika 15:40 / 25.03.2018 12807

Shoshin Velli oliy texnika maktabi sun'iy intellekt yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi xavfli o‘quvchilarni kuzata boshladi. O‘quv maskani o‘zining xavfsizlik tizimiga ushbu yangi texnologiyani tatbiq etgan kam sonli maktablardan biridir. WBUR nashri shu haqida xabar berdi

Kuzatuv tizimi Social Sentinel tahlil kompaniyasi tomonidan maktab uchun maxsus ishlab chiqilgan. Firma direktori Geri Margolis jurnalistlar bilan suhbatda Social Sentinel o‘z sun'iy intellekti faoliyatini rivojlantirishi uchun tilshunos va psixologlar bilan ishlayotganini ma'lum qildi. 

Kompaniya o‘quvchi o‘ziga yoki atrofdagilarga ziyon yetkazishi mumkinligiga ishora qiluvchi 450 ming turli indikatordan iborat "tahdidlar kutubxonasi"ni qo‘llaydi. Sun'iy intellekt salohiyatli muammoli o‘quvchilarni aniqlab, maktabga ko‘ngilsizlikning oldini olishda yordam beradi. 

WBUR ma'lumotlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilari ularning o‘quv muassasasi bunday texnologiyalarni qo‘llayotganidan mutlaqo bexabar bo‘lishgan. 

Social Sentinel tizimni maktablarga taqdim etishdan avval  uning ustida politsiyachilar bilan birga ishlagan. Kompaniya xizmatlari Shoshin Velliga yiliga 10 ming dollarga tushadi, biroq kompaniya uning sun'iy intellekti qay darajada muvaffaqiyatli ishlayotgani haqida ma'lumot berishdan bosh tortgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: