Tramp neft narxini o‘zgartirmoqchi, u maxsus rejaga ham ega – OAV

Iqtisodiyot 08:21 / 24.03.2018 10046

AQSh prezidenti Donald Tramp Jon Boltonni nega milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchi etib tanlagani ma'lum bo‘ldi. CNBC’ning tahlilchilarga asosan xabar qilishicha, u shu tariqa Eronga bosimni oshirmoqchi va neft jahon narxlariga ta'sir ko‘rsatmoqchi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Bolton yadroviy bitim bo‘yicha Eronga bosimni kuchaytirish tarafdoridir. Xabar qilinishicha, AQSh Eron bilan bitimdan chiqib ketishi ehtimolga yaqin hamda O‘rta Sharqdagi vaziyat yanada keskinlashadi – bu Eronga yomon ta'sir ko‘rsatishi mumkin, so‘ng esa neft narxining oshishiga olib keladi.

«Men Jon Boltondan ko‘ra boshqa yanada aniq va tushunarli kadr o‘zgarishi amalga oshirilganini misol sifatida ham keltira olmayman. U siyosatda qarama-qarshi yondashuvning eski tarafdorlaridan biri hisoblanadi», - deya qayd etib o‘tdi tahlilchi Helima Kroft.

Ko‘proq yangiliklar: