Ilon Mask o‘z kompaniyalarining Facebook'dagi sahifasini o‘chirdi

Fan-texnika 00:40 / 24.03.2018 8314

Facebook'dan amerikalik ishbilarmon Ilon Maskning SpaceX va Tesla kompaniyalari sahifalari yo‘qoldi. Sahifalarni ochishga urinishda ekranda "Afsuski, bu kontentga hozir kirib bo‘lmaydi", degan yozuv chiqdi. 

Bundan avval Twitter foydalanuvchilaridan birining Facebook'dan SpaceX sahifasini o‘chira olish yo olmaslikka oid savoliga Mask "Bunday sahifa borligini bilmagan edim. Bajaramiz", deb javob bergan.

CNN telekompaniyasida ta'kidlanishicha, Cambridge Analytica firmasining ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanishiga doir gap-so‘zlar paydo bo‘lgandan keyin Facebook'dan voz kechishga chaqiriqlar yangray boshladi. The Verge internet-portalining ma'lumotlariga ko‘ra, WhatsApp messenjeri yaratuvchilaridan biri Brayan Ekton Facebook'dan foydalanishdan voz kechishga chaqirgan. "Buning vaqti keldi", - deb yozgan u o‘zining Twitter'dagi sahifasida.

23 mart kun yarmiga kelib Facebook aksiyalarining Nyu-York birjasidagi kursi 1,52 foizga (162,40 ko‘rsatkichiga) pasaygan. So‘nggi besh kunda esa uning kursi 11,85 foizga tushgan. 

Ko‘proq yangiliklar: