Bloomberg: Donald Tramp rossiyalik diplomatlarni AQShdan chiqarib yuborishga tayyor

Foto: Bloomberg
AQSh prezidenti Donald Tramp Skripal ishi tufayli rossiyalik diplomatlarni AQShdan chiqarib yuborishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayangan holda xabar berdi.
Unda aytilishicha, prezident faqat Yevropadagi hamkasblari ham shunday qaror qabul qilishini kutib turibdi. Bloomberg muxbirining xabariga ko‘ra, Tramp ushbu qarorini dushanba kuni ommaga rasman e'lon qilishi kutilmoqda.
Agentlik manbasiga ko‘ra, «Donald Tramp juma kuni ushbu masalani mamlakat Moliya vaziri Stiven Mnuchin, AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Hantsman, Savdo vaziri Uilbur Ross, Adliya vaziri Jyeff Seshns, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis va Milliy razvedka direktori Deniyel Kouts bilan muhokama etdi».
AQSh Oq uy matbuot kotibi Raj Shah ayni paytda «AQSh ushbu masalani muhokama etishda Buyuk Britaniya tarafida» ekanini aniq ifoda etgan.
Mavzuga oid

01:48
Tramp Yaman husiylariga qarshi harbiy amaliyot boshlashni buyurdi

22:27 / 15.03.2025
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin

22:01 / 15.03.2025
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi

18:18 / 15.03.2025