2025 yilda elektromobillar benzinli avtomobillardan arzon bo‘ladi

Fan-texnika 21:59 / 24.03.2018 10413

Hozirgi kunda elektromobillar benzinli yoki dizel yoqilg‘ili motorga ega bo‘lgan mashinalardan ancha qimmat, ammo 7 yildan so‘ng, vaziyat umuman o‘zgarishi mumkin.

Bloomberg xabariga ko‘ra, 2024 yilga kelib, elektromobillar va ichki yonuv dvigateliga (IYoD) asoslangan boshqa avtomobillar narxi tenglashadi. Bir yil o‘tgach esa, elektromobillar ulardan ham arzon bo‘ladi.

Litiy-ionli bloklarni ishlab chiqarish miqdori oshishi bilan, akkumulyator batareyalari narxi 70 dollarga tushadi. Ayni paytda, ularning narxi 208 dollarga teng, shu sababli ham elektr mobillarining narxi qimmat.

«Elektromobillar savdosi yaqin yillarda o‘sadi. Ammo ommaviy bozor yaratish uchun akkumulyatorlar narxi yanada pasayishi kerak. Agar batareyalarni ishlab chiqarish xarajatlari oshaversa, biz ko‘zlangan natijaga erisholmaymiz» - dedi New Energy Finance kompaniyasi tahlilchisi Kolin MakKerracher.

Foto: BMW i3

Vaziyatning o‘zgarishiga hukumatlar tomonidan ishlab chiqaruvchilarga beriladigan imtiyozlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Atrof-muhitning muhofazasiga qaratilgan chora-tadbirlar  ham elektromobillar narxining keskin pasayishiga olib kelishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: