2017 yil yakunlari bo‘yicha Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori 3 mlrd 902 mln dollarni tashkil etdi. Bundan Rossiya Markaziy banki ma'lumotlari darak bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, RFdan Tojikistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2016 yil bilan taqqoslaganda 600 mln dollarga oshdi va 2 mlrd 536 mln dollarni tashkil etdi.
Rossiyadan MDH davlatlariga pul o‘tkazmalari hajmi jiddiy o‘sganini ko‘rish mumkin – 2017 yilning uch choragi yakunlari bo‘yicha 12,9 mlrd dollar yuborilgan.
O‘zbekistonlik migrantlar 2017 yilda Rossiyadan qancha pul yuborishgani ma'lum bo‘ldi
Bu boradagi birinchi o‘rin O‘zbekistonda (3 mlrd 902 mln dollar) bo‘lsa, ikkinchi – Tojikiston (2 mlrd 536 mln), uchinchi - Qirg‘iziston (2 mlrd 211 mln). Keyingi pog‘onalardan Armaniston (1 mlrd 65 mln), Ozarboyjon (893 mln), Qozog‘iston (709 mln) va Turkmaniston (2 mln dollar) joy olgan.