Sun'iy intellekt olimlarga avval fanga noma'lum bo‘lgan 6 mingga yaqin virus turini aniqlashga yordam berdi. Nature jurnali shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
Gap shundaki, viruslarni indentifikatsiya qilish qiyin, chunki ular rivojlanmoqda.
So‘nggi yillarda tadqiqotchilar turli muhitlardan olingan DNK namunalaridagi ketma-ketlikni aniqlash yo‘li bilan noma'lum viruslarni o‘rganishar edi. Biroq buni texnologiyalarsiz amalga oshirish juda qiyin.
Kaliforniyaning Uolnat-Krik shahridagi Birlashgan genom instituti biologi Saymon Ru kompyuterlarni inoviruslarning genetik ketma-ketligini identifikatsiyalashga o‘rgatdi. Bu viruslar bakteriyalarda yashaydi va o‘z egasining xulq-atvorini o‘zgartiradi.
Olim genom ma'lumotlar massivini to‘plashga muvaffaq bo‘ldi, kompyuter esa 10 mingdan ziyod inoviruslarni qayta tiklab, ularni guruhlarga ajratdi. Shulardan 6 mingga yaqini avval fanga ma'lum bo‘lmagan viruslardir.