Maktab o‘quvchisi LEGO'dan protez qo‘l yasadi

Fan-texnika 20:49 / 23.03.2018 11822

LEGO konstruktori — ajoyib narsa. Ayniqsa, Technics seriyasi. Uning yordamida ko‘p foydali narsalar yasash mumkin. Bunday to‘plamlardagi murakkab mexanizmlar sharofati bilan mutlaqo xayolga kelmagan narsalarni yasash mumkin. Masalan, qo‘l protezi.

Devid Aguilar bolaligidan LEGO o‘ynashni yaxshi ko‘rgan, doim konstruktordan mashinalar, qayiqlar, samolyotlar, robotlar qurgan, 9 yoshida esa hatto o‘ziga robotlashtirilgan qo‘l yasashning uddasidan chiqqan.

Gap shundaki, Devid o‘ng qo‘li rivojlanmagan holatda tug‘ilgan, shu bois unda bu kamchiligini tuzatish istagi kuchli bo‘lgan. Biroq 9 yoshli bolaning ongi to‘laqonli protez yasashga yetmagan, biroq g‘oyaning o‘zi bolaning miyasida saqlanib qolgan.

U to‘qqiz yil o‘tib tajribasini takrorladi va o‘z mehnati mahsuli aks etgan videoni YouTube-kanaliga yukladi. Yangi protez turli vazifalarni bajarish uchun yetarli darajada mustahkam bo‘lib chiqdi. U turli tomonlarga harakatlana oladi va hatto Hand Solo'ga imkon beradi — Devid protez yordamida turli predmetlarni ushlashni shunday ataydi.Protez mingdan ortiq detaldan iborat Air Race Jet to‘plamidan tayyorlangan. Protezni yasash jarayoni bilan bog‘liq tafsilotlar videoda aks etgan.

Ko‘proq yangiliklar: