Kreml Britaniyaning muammosini ma'lum qildi

Foto: RT
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bildirishicha, Britaniya tomoni bilan madaniy munozara darajasi pasaygan. Bu haqda RT xabar qilmoqda.
«Afsuski, bu madaniyat darajasi to‘xtamasdan tushib bormoqda. Bayron, Shekspir va Konan Doylning vatani, qachonlardir siyosat hamda diplomatiyada ajoyib an'analarga ega bo‘lgan mamlakat siyosatchilar o‘zlariga mas'uliyatsiz bayonotlar berishni odat qilib olgan davlatga aylandi. Bu muammo», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Buyuk Britaniyaning «avvaldan taxmin qilib bo‘lmaydigan dushmanlik kayfiyatidagi» siyosatidan darak beradi. Peskovning shuningdek ta'kidlashicha, Rossiya tomoni bunday vaziyat oqibatlarini kamaytirishga va o‘z vazifalariga erishish uchun mos hamda qulay bo‘lgan sharoitlarni ta'minlashga harakat qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeI yetakchilari Skripal ishida Rossiyaning qo‘li borligini tan olishgandi.
Mavzuga oid

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

18:18 / 15.03.2025
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

14:34 / 15.03.2025
Xitoy, Rossiya va Eron barcha noqonuniy sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

11:40 / 15.03.2025