Baidu kompaniyasi Pekinda haydovchisiz mashinalarni sinovdan o‘tkazadi

Fan-texnika 20:40 / 23.03.2018 3480

Google’ning Xitoydagi muqobili deb ataluvchi Baidu texnologik kompaniyasi Pekin rahbariyatining shahar atrofida haydovchisiz mashinalarni sinovdan o‘tkazishga ruxsatini oldi. Bunday mashinalarga 33 ta yo‘lga chiqishga ruxsat berildi. Bu yo‘llarning umumiy uzunligi 105 kmni tashkil qiladi. Bu haqda Business Insider nashri xabar bermoqda. 

Baidu haydovchisiz mashinalar uchun ishlab chiqayotgan qurilmaviy-dasturiy majmua Apollo deb ataladi.

O‘tgan yil sentabrda Baidu avtonom transport vositalarini rivojlantirish jamg‘armasini yaratishini ma'lum qilgandi. Uning hajmi 1,5 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, yaqin 3 yil ichida kompaniya boshqaruvchisiz texnologiyalar bilan bog‘liq 100 ta loyihaga mablag‘lar kiritmoqchi. 

Ko‘proq yangiliklar: