Tesla aksiyadorlari Ilon Maskni oylik maoshsiz qoldirishdi

Fan-texnika 09:33 / 22.03.2018 7102

Tesla kompaniyasi aksiyadorlari bosh direktor Ilon Mask uchun 10 yillik tovon to‘plamini ma'qullashdi, u Maskni aniq belgilangan ish haqidan mahrum qiladi. Bu haqda CNBC telekanali xabar bergan.

Hujjatga ko‘ra, Mask keyinchalik kafolatlangan oylik maoshdan mahrum bo‘ladi va kompaniya aksiyalari shaklida tovon puli oladi. Bunda aksiyalarning bozordagi qiymati o‘sishi ham hisobga olinadi.

Yaqin 10 yil davomida moddiy tovon Tesla asoschisiga kompaniya aksiyalarini berib yuborish shaklida to‘lab boriladi. Bu 12 transhni amalga oshirish yo‘li bilan ro‘y beradi, ulardan har biri kompaniya aksiyalari hozirgi sonining 1 foiziga teng bo‘ladi.

Shu bilan birga, Mask birinchi transhni kompaniyaning bozordagi qiymati 100 mlrd dollardan oshganidan keyingina oladi.

Ko‘proq yangiliklar: