Siri ovozli yordamchida iPhone’dagi yashirin bildirishnomalarda nima bor ekanini bilish imkonini beruvchi bag topildi. Bu haqda 9to5Mac xabar bermoqda.
iOS 11’da bloklangan ekranda xabarlarning ichida nima bor ekanini yashiruvchi funksiya paydo bo‘ldi – bildirishnomani o‘qish uchun ayfonni Touch ID yoki Face ID yordamida ochish talab etiladi.
Biroq, Siri’dagi kamchilik bu himoyani chetlab o‘tishga sharoit yaratadi – buning ovozli yordamchidan bildirishnomani tovush chiqarib o‘qish so‘ralsa bo‘ldi. Xabar qilinishicha, Siri WhatsApp, Telegram, Skype, Signal va boshqa ilovalardan xabarlarni muvaffaqiyatli o‘qiy oladi.
Apple kompaniyasining ma'lum qilishicha, muammodan xabardor bor va uni tuzatish ustida ishlamoqda.