Finlyandiyaga top darajadagi moliyaviy mutaxassislar yetishmayapti. Mamlakat Markaziy bankining bo‘linmasi – Finlyandiya moliyaviy nazoratida (qimmatli qog‘ozlar, investbanklar va kredit tashkilotlari uchun javob beruvchi organ) – 30 nafar yuqori malakali mutaxassislarga chuqur ehtiyoj bor. Nazorat idorasi rahbari Anneli Tuomenning bildirishicha, u ushbu mutaxassislarga yetakchi moliyaviy konglomeratlardagi kabi pul bera olmaydi, shuning uchun «dunyodagi eng baxtli davlatda ishlash baxti bilan bo‘lishishga» tayyor ekanini aytdi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
«Biz o‘zimizga xodimlarni pul bilan sotib ololmaymiz. Bizda Finlyandiya boshqa davlat organlari bilan solishtirganda yaxshi maoshlar, biroq xususiy sektor bilan bu borada raqobat qila olmaymiz», - deya ma'lum qildi u.
Tuomenning tushuntirishicha, Xelsinkiga Skandinaviyadagi eng yirik moliyaviy konglomerat - Nordea Bank ko‘chib o‘tayotgani tufayli 30 nafar top darajadagi mutaxassis zudlik bilan talab etiladi.